Перейти к главному меню навигации Перейти к основному контенту Перейти к нижнему колонтитулу сайта

O‘QUVCHILARNI MILLIY QADRIYATLAR ASOSIDA TARBIYALASH BUGUNGI KUNDAGI DOLZARB MASALA

Аннотация

Mamlakatimizda milliy qadriyatlarni tiklash bo‘yicha jiddiy tadbirlarning amalga oshirilayotganligi ma’naviyatimizning tiklanishida juda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Milliy qadriyatlarimizning tiklanayotganligini bugungi kunda jahon tan olmoqda. Ayniqsa, Sohibqiron Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Bahouddin Naqshband kabi ulug‘ siymolar hamda Buxoro, Xiva, Samarqand shaharlari yubileylariga bag‘ishlangan tadbirlar, simpoziumlarda dunyoning 50 dan ortiq davlatlaridan vakillarning qatnashganligi buning yorqin namunasidir. Ma’lumki, an’analar xalqning tarixiy shakllanishi va rivojlanishi jarayonida yaratilgan va ajdodlardan avlodlarga muqaddas meros sifatida o‘tib kelayotgan bebaho ma’naviy boylik hisoblanadi. Millatning asosiy belgilaridan biriga aylangan odatlarni asrash va kamol toptirish har bir yosh avlodning, har bir o‘quvchining muqaddas burchi hisoblanadi. An’analar barhayot bo‘lishi uchun, eng avvalo, uni kelajagimiz bunyodkorlari yoshlar egallashi lozim.

Ключевые слова

milliy qadriyatlar, tarbiya, ma’naviyat, ma’rifat, madaniyat.

PDF (English)

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.